Huawei 1
Bugun Havasbek Asadullayev rossiyalik tajribali raqibga qarshi ringga chiqadi

Bugun Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida joylashgan "Wrestling Palace" majmuasida IBA PRO 3 professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.

Avval xabar berganimizdek, musobaqa doirasida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Havasbek Asadullayev Rossiya vakili Alan Xugayevga qarshi bahs olib boradi. Kecha bokschilar turnir oldidan vazn o‘lchash marosimida qatnashib, yarimo‘rta vazn meʼyorini bajarishdi. 

Ushbu bahs 25 yashar Asadullayev uchun professional boksdagi to‘rtinchi jang bo‘ladi. U bundan avvalgi barcha janglarida g‘alaba qozongan. Ikkita jangida raqiblarini muddatidan avval taslim etgan. Hamyurtimiz prof karyerasidagi so‘nggi jangini 2022 yil iyun oyida Tursunboy Abdulhakimovga qarshi o‘tkazib, zafar quchgan edi.

26 yashar Alan Xugayev hisobida esa 19 ta g‘alaba bor. U g‘alabalarining 9 tasini muddatidan ilgari qo‘lga kiritgan. Bugungi boks oqshomi bizning vaqti bilan soat 18:00 da boshlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42811 | Инструменты