Butunjahon shaxmat Olimpiadasida chempion bo'lgan vakillarimiz individual bahslarda ham sovrindor bo'ldi
Biroz avval, shaxmat bo'yicha O'zbekiston delegatsiyasi Butunjahon shaxmat Olimpiadasida oltin medallarni qo'lga kiritgan edi. Xalqaro shaxmat federatsiyasining xabar berishicha, Olimpiadada jamoaviy bahslardan tashqari individual natijalar boʻyicha ham kurash ketadi.
Ushbu individual natijalar boʻyicha Jahongir Vohidov 4-doskada oʻynagan shaxmatchilar orasida oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Nodirbek Abdusattorov esa 1-doskadagi shaxmatchilar orasida kumush medalni qoʻlga kiritdi. U hattoki shaxmat tojining amaldagi sohibi Magnus Karlsenni ham ortda qoldirdi. 1-doskada oltin medal hindistonlik Gukesh Dommarajuga nasib qildi. Kuni kecha Abdusattorovning o'zi aynan shu ishtirokchini mag'lubiyatga uchratgan edi.
Nodirbek Yakubboyev esa 2-doskadagi shaxmatchilar orasida bronza medali sohibi boʻldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12004 | Инструменты