Huawei 2
O'zbekiston o'z tarixida ilk bor Butunjahon shaxmat Olimpiadasi chempioniga aylandi

Xabaringiz bor, Hindistonning Chennay shahrida 44-Butunjahon shaxmat Olimpiadasi davom etmoqda.

Bugun, O'zbekiston unda so'nggi, 11-turda Niderlandiya vakillariga qarshi bahs olib bordi va o'z tarixida ilk bor Butunjahon Olimpiadasida oltin medalni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi!

Dastlab, Nodirbek Yakubboyev durang oʻynadi va shaxmat Olimpiadasida 11 ta toʻliq oʻyinni oʻtkazib, birorta magʻlubiyatga uchramagan kam sonli shaxmatchilardan biri boʻldi. U 11 imkoniyatdan 8 ochko toʻpladi. 

So'ngra, musobaqaning eng zo'r ishtirokchilaridan biri - Nodirbek Abdusattorov Anish Giri bilan durangga imzo chekdi. 

Uchinchi bahsda Javohir Sindorov ham bahsni durang bilan yakunladi va hamma umid 4-ishtirochi — Jahongir Vohidovga qoldi. Maks Uormerdamga qarshi dona surgan Jahongir Vohidov esa gʻalaba bilan muxlislarimizni xursand qildi.

Shu tariqa, vakillarimiz oʻz tarixida ilk bor shaxmat Olimpiadasida bosh sovrin egasiga aylandi!

Yana bir quvonarli xabar: O‘zbekiston terma jamoasi ushbu olimpiada davomida biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan yagona jamoa bo'ldi. 

Barcha yurtdoshlarimizni tarixiy g‘alaba bilan tabriklaymiz!

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga