Budapeshtda davom etayotgan jahon chempionati doirasida Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) Atletlar komissiyasi a'zoligi uchun saylov ham o'tkazilmoqda.

O'zbekiston dzyudo federatsiyasi ma'lumotiga ko'ra, ovoz berish jarayoni boshlangan. Qayd etilishicha, saylovda akreditatsiyadan o'tgan sportchilargina ovoz berish huquqiga ega bo'ladi.

E'tiborlisi, nomzodlar orasida "Parij-2024" yozgi Olimpiya o'yinlari g'olibi Diyora Keldiyorova ham bor. Ovoz berish jarayonida unga Darya Bilodid (Ukraina), Ryonosuke Haga (Yaponiya), Natan Kas (Avstraliya) va Keytlin Kuadros (Braziliya) raqiblik qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21920 | Инструменты