Huawei 1
Dzyudo bo’yicha o’smirlar va yoshlar o’rtasidagi Osiyo chempionatining ilk kunida o'zbekistonliklar 4 ta oltin medalni qo'lga kiritdi

Toshkentda start olgan dzyudo bo’yicha o’smirlar va yoshlar o’rtasidagi Osiyo chempionatining birinchi kun bellashuvlari ortda qoldi. Unda O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi 4 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza, jami 10 ta medalga sazovor bo’ldi.

Bu birinchi kundan so’ng umumjamoa hisobida birinchi o’ringa ko’tarilib olishga zamin yaratdi. Bugun shohsupaga ko’tarilgan hamyurtlar bilan tanishing:

Oltin medal:
-40 kg: Umida Qo’ldosheva
-44 kg: Laziza Haydarova
-48 kg: Zarina Jamolova
-52 kg: Rayhona Mamatova

Kumush medal:
-66 kg: Inoyat Telmanov
-48 kg: Sabina Azamatova

Bronza medal:
-50 kg: Yunusbek Shavkatov
-55 kg: Hasanboy Elmurodov
-66 kg: Oybek Rajabov
-44 kg: Maxfira Ro’ziboyeva

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122309 | Инструменты