Huawei 1
Fernanda Errera Osiyo chempionatida bronza medaliga sazovor boʻldi

Indoneziyaning Bali shahrida qilichbozlik boʻyicha Osiyo chempionati oʻtkazilmoqda. Bugun Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqadagi dastlabki medalini qoʻlga kiritdi.

Ayollar oʻrtasida sablya dasturida kechgan bellashuvlarda hamyurtimiz Fernanda Errera bronza medali sohibiga aylandi. Sportchimiz final yoʻllanmasi uchun kechgan murosasiz bahsda Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari sovrindori yaponiyalik Misaki Emuraga 13:15 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Qayd etish joiz, qozogʻistonlik Aygerim Saribay bilan kechgan chorak final bellashuvida 8:14 hisobi qayd etilayotgan paytda Errera ajoyib kambek amalga oshirib, yakunda 15:14 hisobida gʻalabani ilib ketdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61818 | Инструменты