Huawei 1
Hujjatli qimmatli qog'ozlarni yo'q qilish tartibi belgilandi

“Hujjatli qimmatli qog'ozlarni yo'q qilish” bo'yicha yo'riqnoma Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi (ro'yxat raqami: 3630-son, 17.06.2025-y.)

Yo'riqnoma blankalar tarzidagi hujjatli qimmatli qog'ozlarni muomaladan chiqarish va ularni yo'q qilish tartibini belgilaydi.

Hujjatli qimmatli qog'ozlarni muomaladan chiqarish va ularni yo'q qilish emitent tomonidan quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:

- hujjatli qimmatli qog'ozlar emitenti tugatilganda;

- emitentning nomi o'zgarganda;

- obligasiyalar  to'liq so'ndirilganda;

- hujjatli qimmatli qog'ozlarning chiqarilishi hujjatli shakldan hujjatsiz shaklga o'tkazilganda;

Hujjatli qimmatli qog'ozlar yo'q qilish ko'zda tutilgan sanadan 1 oy oldin emitent bu to'g'risida qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish bo'yicha vakolatli organni xabardor qilishi shart.

Hujjatli qimmatli qog'ozlar yoqib yuborish yoki ularni jismoniy maydalash yo'li bilan yo'q qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82814 | Инструменты