Huawei 1
Futzal: jahon chempionati davomida qancha o‘yin bo‘lib o‘tadi?

Joriy yilning 14 sentyabr-6 oktyabr kunlari mamlakatimizning Toshkent, Buxoro va Andijon shaharlarida futzal bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

24 ta milliy terma jamoalar ishtirok etayotgan jahon chempionatida jamoalar to‘rttadan oltita guruhga bo‘lingan holda bahslashadi. Uchrashuvlar taqvimiga ko‘ra, jahon chempionati davomida 52 ta o‘yin o‘tkaziladi.

Musobaqalar poytaxtimizdagi "Humo Arena", Andijon va Buxorodagi universal sport majmualarida tashkil etiladi.

Dasturga binoan "Humo Arena" 27 ta uchrashuvga, Buxoro sport majmuasi 17 ta, Andijon sport majmuasi 8 ta o‘yinga mezbonlik qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31316 | Инструменты