Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida gandbol bo‘yicha kattalar o'rtasida (erkaklar va ayollar) O‘zbekiston kubogi bo‘lib o‘tdi.
Qizg'in bahslarga boy o'tgan musobaqalarda erkaklar bellashuvida ham, ayollar bahsida ham Olmaliq shahrining OKMK jamoasi 2025-yilgi O‘zbekiston kubogi sohibi bo'lishdi.
Yakuniy natijalarga ko'ra:
Erkaklar o'rtasida.
1-o‘rin. OKMK (Toshkent viloyati).
2-o‘rin. “Ma’mun” (Xorazm viloyati).
3-o‘rin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi.
Ayollar o'rtasida.
1-o‘rin. OKMK (Toshkent viloyati).
2-o‘rin. Urganch RANCH (Xorazm viloyati).
3-o‘rin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Alpha version: 0.9.1.19 build 82323 | Инструменты