Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida o‘rta vazn toifalaridagi bahslar yakunlandi. Murosasiz ruhda o‘tgan bellashuvlarda Tokio-2020 Olimpiadasi ishtirokchisi Hikmatilloh To‘rayev yangi vazn toifasida mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi. Qizlar o‘rtasidagi kurashlarda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi vakillari mutaxassislarda iliq taassurot qoldirishdi. Yakunda g‘olib va sovrindorlar ro‘yxati quyidagicha ko‘rinish oldi:
-73 kg:
1. Muhammad Jumayev
2. G‘olib Sulaymonov
3. Elbek Tojiyev
3. Nodirbek Mavlonberdiyev
-81 kg:
1. Hikmatilloh To‘rayev
2. Arslon Tojiyev
3. Ma’ruf Hidirov
3. Suhrob Tursunov
-57 kg:
1. Farangiz Rejepova
2. Yuliyana Maksetbayeva
3. Muxlisa Ganjayeva
3. Xojar Shapoatova
-63 kg:
1. Marjona Nurillayeva
2. Sarvinoz Husanova
3. Dinora Egamberdiyeva
3. Asal Karimjonova
-70 kg:
1. Barchinoy Qodirova
2. Farangiz Xojiyeva
3. Begoyim Hayitova
3. Muxlisa Turdiyeva
Alpha version: 0.9.1.19 build 122310 | Инструменты