Qatardan ajoyib yangilik. Suvga sakrash bo’yicha O’zbeksiton terma jamoasi a’zosi Igor Myalin 10 metr balandlikdan sakrash bahslarida final yo’llanmasi qatori Parij-2024 Olimpiya o’yinlari litsenziyasiga ham ega chiqdi.
Hamyurtimiz yarim final dasturida 415.80 ball bilan yettinchi natijani qayd etdi. Final bahslari kechki dasturda bo’lib o’tadi. Reglamentga ko’ra musobaqada finalga yo’l olgan atletlar bir vaqtda Olimpiada ishtirokchisiga aylanishadi.
Ahamiytlisi, bu O’zbekiston delegatsiyasi uchun suvga sakrash yo’nalishida Olimpiya o’yinlariga qo’lga kiritilgan birinchi litsenziya bo’ldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10308 | Инструменты