Islom Maxachev raqibini dahshatli nokautga uchratdi, ikki kurashchi ushbu jangdan qancha “ishlagan”?

BAAning Abu-Dabi shahrida UFC 294 musobaqasi yakuniga yetdi.

Kechaning chempionlik jangida Islom Maxachev va Aleksandr Volkanovski to‘qnash keldi. Dog‘istonlik sportchi 1-raundning o‘zida Volkanovskini oyoqda berilgan zarba orqali muvozanatdan chiqardi va hujumni davom ettirib, jangni muddatidan oldin yakunladi. Raqib nokautga uchradi. 

UFC 294 turnirining qolgan natijalari:

Magomed Ankalayev (Rossiya) — Jonni Uoker (Braziliya), (jang o‘tkazilmagan deb topildi)

Ikram Aliskerov (Rossiya) — Vorli Alves (Braziliya), (1-raundda texnik nokaut bilan)

Said Nurmagomedov (Rossiya) — Muin Gafurov (Tojikiston), (1-raundda bo‘g‘ish usuli bilan)

Tim Elliot (AQSh) — Muxammad Mokayev (Buyuk Britaniya), (3-raundda sabmishen)

Turnirda ishtirok etgan sportchilarning qancha gonorar olgani haqida:

UFC 294 turnirida eng katta gonorar Islom Maxachevga berildi. U 1,79 million dollar miqdorida gonorar oldi. Ushbu pullarning 750 ming dollari ishtirok uchun, 100 ming dollari g‘alaba uchun, 850 mingi translyatsiyalarda kelgan daromad, 50 ming dollari eng yaxshi jang uchun bonus, 42 ming dollar esa homiylar to‘lovi hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Aleksandr Volkanovski esa 1,58 million dollar (750 ming — jang uchun, 800 ming — translyatsiyalar sotuvidan tushgan mablag‘, 32 ming — homiylar to‘lovi) gonorar oldi.

Shuningdek, Kamaru Usmon ustidan g‘alaba qozongan Hamzat Chimayev 865 ming dollarga ega chiqdi. Usmon esa 1,02 million dollar gonorar sohibiga aylandi.

UFC 294 da eng ko‘p gonorar olgan sportchilar:

Islom Maxachev — 1 790 000 dollar
Aleksandr Volkanovski — 1 582 000 dollar
Kamaru Usmon — 1 020 000 dollar
Hamzat Chimayev — 865 000 dollar
Magomed Ankalayev — 225 000 dollar
Said Nurmagomedov — 205 000 dollar
Jonni Uoker — 160 000 dollar
Tim Elliott — 160 000 dollar
Vorli Alves — 120 000 dollar
Ikram Aliskerov — 99 000 dollar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты