Huawei 1
Isroil Madrimov WBA reytingida pastladi

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) avgust oyi yakunlariga ko‘ra yangilangan reytingni eʼlon qildi.

Ushbu reytingdan 8 bokschimiz o‘rin olgan bo‘lib, ularning 3 nafari o‘z vazn toifalarida 1-o‘rinni egallab turibdi. O‘tgan oyda vazn chempioni bo‘lib turgan Madrimov bu oyda 3-o‘rinda qayd etildi.

Reytingdagi bokschilar:

Hasanboy Do‘smatov - (minimal vazn) 1-o‘rin (o‘tgan oyda 1-o‘rin;)

Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn) - o‘tgan oydagi singari 1-o‘rin;

Muhammad Shexov (birinchi yarim yengil vazn) - 10-o‘rin (o‘tgan oyda ham 10-o‘rin);

Otabek Xolmatov (yarim yengil vazn) - 5-o‘rin (o‘tgan oyda 5-o‘rin edi;)

Botir Ahmedov (super yengil vazn) - 13-o‘rin (o‘tgan oy ham 13-o‘rinda edi);

Shahram G‘iyosov (yarimo‘rta vazn) - o‘tgan oydagi singari 1-o‘rin;

Isroil Madrimov (super yarim o‘rta vazn) - 3-o‘rin;

Bektemir Meliqo‘ziyev (super o‘rta vazn) - 6-o‘rin (o‘tgan oy 5-o‘rinda edi).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91817 | Инструменты