Huawei 1
Isroilda 3 yoshli qizaloq 3800 yillik qadimiy tumorni topdi

Isroilda oilasi bilan sayohat qilayotgan uch yoshli Ziv Nitzan ismli qizaloq tasodifan qadimiy tarixiy topilmaga duch keldi.

U Tel Azeqa arxeologik yodgorligi yaqinida yerda yotgan kichik toshni ko‘rib, uni olib, ustidagi qumni artdi. Natijada bu oddiy tosh emas, balki 3800 yillik — qadimgi Misr va Kan’on davrlariga oid muhr-tumor ekanligi aniqlandi.

Mutaxassislar bu topilmani miloddan avvalgi o‘rta bronza davriga oid deb belgilashmoqda. Misrshunos doktor Dafna Ben-Torning ta’kidlashicha, o‘sha davrda bunday toshlar nafaqat bezak yoki muhr sifatida, balki diniy ramz, maqom belgisi sifatida ishlatilgan. Ular asosan qabrlarda, ibodatxonalar yoki uy ichida saqlangan.

Zivning opasi Omer Nitzan ijtimoiy tarmoqdagi postida shunday degan: “Qizaloq toshni ishqalab ko‘rganida, unda o‘ziga xos naqsh borligini payqadik. Ota-onamizga ko‘rsatganimizda, bu oddiy tosh emasligini tushundik va darhol arxeologlarga xabar berdik”.

Tel-Aviv universiteti arxeologi Oded Lipshits bu topilma haqida shunday dedi: “Ziv topgan tosh – bu hududdagi Misr va Kan’on sivilizatsiyalari o‘rtasidagi kuchli aloqalarning yana bir dalilidir”.

Arxeologlar ushbu hududni 15 yildan beri o‘rganishmoqda va bunday topilma juda noyob holat sifatida baholanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40906 | Инструменты