Huawei 1
Italiyada kurash akademiyasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi

Xalqaro kurash assotsiatsiyasi xabariga koʻra, Italiya kurash akademiyasi rasman oʻz faoliyatini boshladi. U Italiyada rasmiy roʻyxatga olinib, davlat idoralari tomonidan tasdiqlangani toʻgʻrisidagi hujjat Xalqaro kurash assotsiatsiyasiga taqdim etildi.

Yangi tashkil etilgan Italiya kurash akademiyasini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Xalqaro kurash assotsiatsiyasi Kurash instituti va Oʻzbekiston kurash federatsiyasi joriy yil fevral oyi oxirida Yevropaning ushbu mamlakatida murabbiylik seminarini tashkil etadi.  

Oʻzbekiston kurash federatsiyasi hamda manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda oʻtkaziladigan ushbu seminar Yevropaning barcha mamlakatlari vakillari uchun ochiq hisoblanadi. Seminar davomida kurashni koʻhna qitʼada ommalashtirishda ishtirok etadigan mutaxassis va sportchilarga kurash yaktaklari, oʻquv-qoʻllanmalar tarqatiladi.  

Mazkur kurash seminari 2024-yilning iyul oyida oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan xalqaro turnirga tayyorgarlikning muhim bosqichi hisoblanadi. Italiyada sovrin jamgʻarmasiga ega xalqaro turnir tashkil qilinadi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122304 | Инструменты