O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindorov Vayssenxaus shahrida bo‘lib o‘tayotgan Freestyle Chess Gram Slam turnirida amerikalik Hikaru Nakamuraga qarshi tay-breykning hal qiluvchi ikkinchi partiyasini o‘tkazdi.
Vayssenxausda shaxmat bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 750 ming dollar bo‘lgan nufuzli turnir bo‘lib o‘tmoqda.
Tay-bryyekning birinchi uchrashuvida Sindorov g‘alaba qozondi. Ikkinchi partiyani oq donalarda o‘tkazgan Javohir yana Nakamurani mag‘lub etdi.
Javohir Sindorov Freestyle Chess Gram Slam turnirining 1/2 finaliga yo‘l oldi.
Shuningdek, yana bir chorak final o‘yinida Magnus Karlsen Nodirbek Abdusattorovni mag‘lub etdi.
Sindorov endi 1/2 finalda boshqa bir amerikalik grossmeyster Fabiano Karuanaga qarshi bahs olib boradi. Nakamura esa 1/4 finalda Nodirbek Abdusattorov singari 5-o‘rin uchun kurashni davom ettiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21116 | Инструменты