Bugun tongda AQSHning Arlington shahrida uzoq kutilgan professional boks turniri bo‘lib o‘tdi.
Oqshomning asosiy jangida 27 yoshli bloger-bokschi Jeyk Pol superog‘ir vazn toifasida sobiq mutlaq jahon chempioni, 58 yoshli afsona Mayk Taysonga qarshi ringga chiqib, 8 raund to‘liq davom etgan jangda ochkolar (79-73, 79-73, 79-73) hisobiga ko‘ra g‘alaba qozondi. Jangdan keyin Jeyk Pol o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Avvalo, Mayk Taysonga hurmat bajo keltiraman. U haqiqiy afsona, bunga hech qanday shubha yo‘q. Agar u bo‘lmaganida, bugnugi jang ham, zalni to‘ldirib o‘tirgan muxlislar ham bo‘lmasdi. Bu chindan ham og‘ir jang bo‘ldi. Raqibimni nokaut bilan yutishga harakat qildimmi? Unga og‘ir bo‘lishi uchun urinishlarni amalga oshirdim. Lekin shuning barobarida Maykning og‘ir zarbalaridan ham qo‘rqib turdim. Yoshi katta bo‘lsa ham, uning boy tajribasini hech kim tortib olmagandi", — dedi Pol.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111617 | Инструменты