Huawei 1
Konya-2021: Taekvondochilarimiz 2 oltin va 1 bronza medalini qo'lga kiritishdi

Xabaringiz bor, shu kunlarda Turkiyaning Konya shahrida V Islom birdamligi o'yinlari xalqaro musobaqasi davom etmoqda.

Kecha, 12-avgust kuni musobaqa doirasida delegatsiyamiz taekvondo bahslari bo'yicha ishtirokini boshladi. Unda vakillarimiz 2 ta oltin hamda bitta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.

Mahoratli taekvondochimiz Jasur Jaysunov -74 kg vazn toifasida bahs olib borib, yarim finalga qadar yetib keldi. Yakunda u bronza medaliga sazovor bo'ldi.

-62 kg vazn toifasidagi ayollar o'rtasida final bellashuvida eronlik raqibasiga qarshi bahs olib borgan Feruza Sodiqova 2:0 hisobida g’alaba qozonib, delegatsiyamizga oltin medal keltirdi. Shuningdek, +73 kg vazn toifasida jang olib borgan Svetlana Osipova finalda eronlik raqibasi ustidan chiroyli g’alabaga erishib, delegatsiyamiz uchun muhim oltin medalni taqdim qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga