Huawei 1
Lazizbek Mullajonov ham WBC Gran-prisida g‘alaba qozondi

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida WBC Gran-prisining nimchorak final bosqichi o‘zbek bokschilari uchun muvaffaqiyatli o‘tdi.

Jumladan, musobaqaning ushbu bosqichida hamyurtimiz Lazizbek Mullajonov eng og‘ir vazn toifasida marokashlik Yuness Baalaga qarshi ringga ko‘tarildi.  6 raund etib belgilangan ushbu bellashuv to‘liq davom etdi. Quvonarlisi, unda  Lazizbek g‘alaba qozondi va avgust oyida bo‘lib o‘tadigan chorak finalga yo‘l oldi.  

Maʼlumot o‘rnida: WBC Gran-prisining 1/8 finalida yana ikki nafar charm qo‘lqop ustamiz – Mujibillo Tursunov va Ayubxon Baxtiyorov o‘z vazn toifalarida zafar quchgan holda, 1/4 finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.  

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62219 | Инструменты