Huawei 1
Lennoks Lyuis Mayk Tayson bilan revansh jangini o‘tkazish niyatida

Britaniyalik sobiq jahon chempioni Lennoks Lyuis afsonaviy Mayk Taysonga revansh berishga tayyorligini maʼlum qildi.

Lyuisning so‘zlariga ko‘ra, u yakuniy qarorni Taysonning Jeyk Pol bilan jangidan keyin qabul qiladi.

"Avval Maykning bo‘lajak jangda qanday holatda bo‘lishini ko‘rib olaylik. Shundan keyin men yakuniy javobimni aytaman", dedi Lyuis.

Lyuis va Tayson o‘rtasidagi jang 2002 yilning yozida bo‘lib o‘tgan va o‘shanda Lennoks sakkizinchi raundda nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102416 | Инструменты