Boks afsonasi Mayk Tayson 2005-yildan beri ilk marta professional ringga qaytmoqda. Kuzda u videobloger Jeyk Polga qarshi ringga ko‘tariladi. Bu haqda taniqli promouterlik kompaniyasi o‘z Instagram sahifasida ma’lum qildi.
Sakkiz raundlik jang 15 noyabr kuni Texasda, 80 ming tomoshabinga mo‘ljallangan AT&T Stadium stadionida bo‘lib o‘tadi.
Mayk Tayson hozir 58 yoshda. Professional faoliyatiga nuqta qo‘ygan 2005-yildan buyon ikki marta ko‘rgazmali jang o‘tkazgan. Ularning so‘nggisi — 2020-yilda yana bir boks afsonasi Roy Jonsga qarshi o‘tkazilgan jangda durang qayd etilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60322 | Инструменты