Tojikistonda yakuniga yetib borayotgan dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi oltin medalga sazovor bo‘ldi.
-100 kg vazn toifasida ishtirok etgan Muhammadsodiq Sodiqov barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi.
Yurtdoshimiz finalda dzyudo vatani — Yaponiya vakili Nozomu Mikidan ustun keldi.
O‘zbekiston terma jamoasi yakkalik bellashuvlarini 1 ta oltin va 3 ta bronza medali bilan yakunladi. Ertaga aralash jamoaviy dasturdagi bahslar o‘tkaziladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122120 | Инструменты