“Matchroom Boxing” professional bokschimizning jangi sanasini e'lon qildi
Britaniyaning “Matchroom Boxing” promouteri Murodjon Ahmadaliyev ishtirokidagi jangni rasman eʼlon qildi.
Unga ko‘ra, professional bokschimiz Murodjon Ahmadaliyev 8-aprel kuni Texasda oʻtkaziladigan professional boks oqshomi doirasida ringga koʻtariladi.
Oʻsha kuni u oʻziga tegishli WBA va IBF kamarlarini filippinlik Marlon Tapalesdan himoya qiladi. Ahmadaliyev shu kungacha professional boksda 11 ta jang oʻtkazgan va ularning barchasida gʻalaba qozongan. 8 ta jangni u muddatidan oldin yakunlagan.
30 yoshli Marlon Tapales esa prof boskda 39 marotaba ringga koʻtarilgan. Janglarining 36 tasida gʻalabaga erishgan (19 ta nokaut). 3 ta jangda magʻlubiyatga uchragan (2 ta nokaut).
Oqshomning markaziy jangida Jessi Rodriges va Kristian Ernandes eng yengil vazn toifasida vakant boʻlib turgan WBO kamari uchun ringga koʻtariladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42711 | Инструменты