Huawei 1
Naoya Inoue mutlaq chempionlik unvonini yo‘qotadi, Ahmadaliyev avtomatik tarzda to‘laqonli chempionga aylanishi mumkin

Yaponiyalik bokschi, ikkinchi o‘ta yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inouening WBA kamaridan mahrum bo‘lishi kutilmoqda.

Hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyevning promouteri Eddi Xirnning aytishicha, Inoue meksikalik Alan Pikasso bilan jang qilishga rozi bo‘lgan. Shu sababli, u WBA kamaridan mahrum bo‘ladi. Vaqtinchalik chempion Murodjon Ahmadaliyev esa to‘laqonli chempion deb eʼlon qilinadi. 

Lekin bu Inoue - Ahmadaliyev jangi o‘tkazilmaydi degani emas. Xirn ular o‘rtasidagi jangni 2025 yil oxirida tashkil etishga urinib ko‘rmoqchi. 

Eslatib o‘tamiz, Naoya Inoue 24 yanvar kuni IBF yo‘nalishi bo‘yicha daʼvogar Sem Gudmanga qarshi jang o‘tkazadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10923 | Инструменты