Huawei 1
Nigeriyalik bokschi jang paytida hushini yo'qotib, keyin vafot etdi

Nigeriyalik 40 yoshli Gabriel Oluvasegun Olanrevaju (13-8-1) yarim og'ir vazn toifasida Jon Mbanugu (12-1-1) bilan bo'lgan jangida uchinchi raundda hushini yo'qotdi.

Unga ringda tibbiy yordam ko‘rsatildi va keyin kasalxonaga olib borildi, u kelganidan 30 daqiqa o‘tib vafot etgani ma’lum qilindi.

Gana boks boshqarmasi (GBA) matbuot xizmati ham fojiali voqea yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

“Oluvasegun Nigeriya Boks Nazorat Kengashi tomonidan tibbiy jihatdan yaroqli deb e’lon qilindi va GBA jangga ruxsat berib, ma’qullashdan oldin professional bokschi sifatida sertifikatlandi.

Uchinchi raund tugashiga bir necha soniya qolganida Oluvasegun jang paytida orqaga chekindi va raqibidan birorta ham zarba olmay, orqasini arqonlarga suyandi.

Bosh hakam Richard Amevi xavfni sezib, jangni tugatish uchun qo‘lini siltadi va zudlik bilan ring bo‘ylab shifokorni chaqirdi, u Milliy tez tibbiy yordam xizmati xodimlari ko‘magida bokschini reanimatsiya qilishda yordam berdi”, — deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40219 | Инструменты