Huawei 2
Nigora Suvonova 6 ta, Nurbol Abdurashidov va Xushnoza Xoliqova 3 tadan medal qo'lga kiritishdi

Xabaringiz bor, shu kunlarda Toshkent shahrida og'ir atletika bo'yicha Osiyo chempionati bahslari davom etmoqda.

Bugun, 25-iyul kuni musobaqa doirasida 5 nafar atletimiz supachaga chiqishdi. Quvonarlisi, ularning barchasi shohsupaga koʻtarildilar. Iqtidorli vakilalarimizdan biri Nigora Suvonova -81 kg vazn toifasida ham oʻsmirlar, ham yoshlar toifasida barcha yoʻnalishlar bilan hisoblaganda jami 6 ta oltin medalga sazovor boʻldi.

O'smirlar:

-81 kg vazn toifasida Nigora Suvonova barcha yoʻnalishlarda 3 ta oltin medal bilan 1-oʻrinni egalladi – 212 (95+117) kg. +102 kg vazn toifasida Nurbol Abdurashidov 3 ta kumush medalni qoʻlga kiritdi – 316 kg (145+171) kg;

+81 kg vazn toifasida Xushnoza Xoliqova barcha yoʻnalishlarda sovrindor boʻldi, 3ta bronza – 185 (95+104) kg;

Yoshlar:

-81 kg vazn toifasida Nigora Suvonova bu gal ham barcha yoʻnalishlarda, yaʼni dast koʻtarish mashqida, siltab koʻtarish mashqida hamda ikkikurash natijasiga koʻra 1-oʻrinni egalladi – 212 (95+117) kg.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga