Huawei 1
Nodirbek Abdusattorov chempion va dunyoning 4-raqamli shaxmatchisi

Nodirbek Abdusattorov Chexiyada o‘tayotgan «Prague Masters» turnirida muddatidan oldin chempion bo‘ldi.

U asosiy ta’qibchisi Parxam Maxsudluga (Eron) qarshi qiyin bahsda g‘alaba qozondi va musobaqa yakuniga bir tur qolganida muddatidan oldin chempion bo‘ldi.
Nodirbek 8 imkoniyatdan 6 ochko to‘pladi. Uning ta’qibchilarida esa 4,5 ochko bor. Ya’ni oxirgi turda qanday natija bo‘lishidan qat’i nazar o‘zbekistonlik shaxmatchiga hech kim yeta olmaydi.

Chempionlikdan so‘ng Abdusattorov onlayn shaxmat reytingida dunyoning eng kuchli TOP-4 shaxmatchilari qatoriga kirdi. Undan yuqorida Magnus Karlsen (Norvegiya), Fabiano Karuana (AQSh) va Hikaru Nakamura (AQSh) bor.

Nodirbekning hisobida 2765.5 reyting ochkosi bor va u shaxmat tojining amaldagi sohibi Ding Lijyendan (Xitoy) ham o‘zib ketdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122304 | Инструменты