Londonda shaxmat bo‘yicha WR Chess Masters musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Dastlabki bosqichda Aleksandra Kostenyuk bilan o‘yinda g‘alaba qozongan Nodirbek Abdusattorov chorak finalda fransiyalik Maksim Vashe-Lagrav bilan to‘qnash keldi.
Musobaqa 16 nafar sportchi ishtirokida nokaut tizimida o‘tkazilmoqda. 15-oktyabr kuni chorak final bosqichi bahslari bo‘lib o‘tdi.
Nodirbek Abdusattorov va Maksim Vashe-Lagrav o‘rtasidagi asosiy bahslarda durang qayd etildi. Armagedon partiyada esa Nodirbek qora donalarda o‘ynadi. Keyingi bosqichga chiqish uchun Nodirga durang ham yetarli edi. Afsuski, o‘zbekistonlik shaxmatchi bir necha xato yurishlar sabab mag‘lubiyatga uchrab turnirdagi ishtirokini yakunladi.
Ma’lumot uchun, Javohir Sindorov 1/8 finalda aynan Maksim Vashe-Lagravga mag‘lub bo‘lib yurishni to‘xtatgandi.
Turnir formati haqida: Birinchi 30 ta yurish uchun 60 daqiqa, keyingi 20 ta yurishga 30 daqiqa va o‘yin oxirigacha yana 30 daqiqa. Shaxmatchilar raqiblari bilan ham oqlardan, ham qoralardan 1 tadan partiya o‘ynashadi, mag‘lub bo‘lgan ishtirokchi turnirni tark etadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122219 | Инструменты