Avval xabar berganimizdek, O‘zbеkiston tеnnis fеdеratsiyasi va "O‘zmilliybank" AJ ko‘magida respublikamizning istiqbolli yosh tеnnischilari Serbiyadagi “Elite” xalqaro tennis akademiyasida o‘quv-mashg‘ulotlarini o‘tkazish maqsadida jo‘nab kеtgandi.
Ayni paytda Federatsiyaning Bosh kotibi Iroda Toʻlaganova rahbarligida yosh sportchilar oʻz malakalarini takomillashtirish uchun oʻquv jarayonga kirishgan.
Tennischilar kuniga 6 soat mashgʻulotlar oʻtkazmoqdalar. Eng asosiysi, kortdagi treninglar maxsus jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlaridan iborat. Bunday dastur sportchilarga texnik va jismoniy koʻnikmalarni rivojlantirishga, yordam beradi.
Ma’lumot uchun, "Elite" tennis akademiyasida o‘quv-mashq jarayoni ikki bosqichda o‘tkazilishi rejalashtirilgan:
- 2024 yil noyabr-dekabr oylarida;
- 2025 yil yanvar-fevral oylarida.
"O‘zmilliybank"AJ ushbu muhim loyihani qo‘llab-quvvatlaydi hamda tеnnischilarimizga ishonch bildiradi. Umid qilamizki, akadеmiyadagi o‘quv mashg‘ulotlaridan olingan tajriba sportchilarimizni yuqori natijalarni qo‘lga kiritishining kafolatiga aylanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120301 | Инструменты