2023-yil avgust oyida Olmata shahrida o‘tkazilgan Armrestling bo‘yicha jahon chempionati vaqtida o‘zbekistonlik Abror Rustamovdan olingan doping sinamasida sportda taqiqlangan Stanozolol metaboliti hamda degidroxlorometil-testosteron taqiqlangan moddalari aniqlangan.
Sportchining analizida taqiqlangan modda borligi bo‘yicha sportchi ogohlantirilgan lekin sportchi va uning vakillari tomonidan javob bo‘lmaganligi sababli Jahon armrestling federatsiyasi qaroriga ko‘ra bunday harakatsizlik sportchining bu ijobiy doping natijasini qabul qilishi deb tushunilib, unga nisbatan 4 yil muddatga diskvalifikatsiya jazo chorasi qo‘llanildi. Bu vaqt davomida A.Rustamov belgilangan muddat davomida terma jamoa safida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari, har qanday turdagi sport musobaqalarida ishtirok etishi taqiqlanadi.
Maʼlumot uchun aytib o‘tmoqchimiz, agar bunday holatlarda sportchilar ogohlantirilishiga qaramay terma jamoa safida yig‘inlarga jalb qilinsa yoki ichki chempionatlarda ishtirok etadigan bo‘lsa diskvalifikatsiya muddati uzaytirilishi hattoki umrbod sportdan chetlatish jazo chorasi qo‘llanilishi mumkin.
Taʼkidlash lozim, Stanozolol metaboliti hamda degidroxlorometil-testosteron taqiqlangan ro‘yxatning S1 "anabolik agentlar" guruhiga kiradi. Bu guruhga kiruvchi dori vositalari doimiy yani musobaqa davrida va musobaqadan tashqari vaqtda ham taqiqlangan. Ushbu guruhga kiruvchi dori vositalari ko‘pincha sportchilar tomonidan maqsadli ravishda foydalaniladi. Stanozolol metaboliti Butunjahon antidoping agentligi tomonidan 2014-yilda sportda taqiqlangan modda sifatida qayd etilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122305 | Инструменты