Huawei 1
O‘zbekistonlik sportchi kelishilgan o‘yinlarda qatnashgani uchun 3,5 yilga diskvalifikatsiya qilindi va 15 ming dollar jarimaga tortildi

Xalqaro tennis Fair Play agentligi (ITIA) Sanjar Fayziyev tennis korrupsiyasiga qarshi kurashish dasturini buzganlik uchun diskvalifikatsiya qilindi.

O‘zbekistonlik sportchi kelishilgan o‘yinlarda beshta ayblov bo‘yicha aybdor deb topildi. Sanjar Fayziyev 3,5 yilga diskvalifikatsiya qilindi va 15 ming dollar jarimaga tortildi.

Sanksiyalar 2023 yil 25 iyulda, yaʼni sportchilar vaqtinchalik diskvalifikatsiya qilingan sanada qo‘llanila boshladi. Diskvalifikatsiya qilingan tennischilar tennis o‘ynashi, murabbiylik qilishi yoki har qanday tennis musobaqalarida qatnashishi taqiqlanadi.

Shuningdek, ITIA isroillik sportchi Igor Smilyanskiyni 2 yilga diskvalifikatsiya qildi, 21 ta kelishilgan o‘yinda ayblangan qozog‘istonlik tennischi Timur Xabibulin esa umrbod diskvalifikatsiya qilindi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122309 | Инструменты