2-10-fevral kunlari Toshkent ogʻir atletika boʻyicha navbatdagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.
Parij-2024 Olimpiadasi uchun yirik reyting ochkolarini taqdim etadigan ushbu turnirda qitʼamizning eng sara sportchilari gʻoliblik uchun bahs olib borishadi.
Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi mazkur chempionatda ishtirok etadigan sportchilarimiz nomini eʼlon qildi. Unda 15 yoshli iqtidorli yosh atletlardan tortib, Ruslan Nurudinov, Akbar Joʻrayev kabi Olimpiada chempionlarining nomlarini ham uchratish mumkin.
Toʻliq tarkib quyidagicha:
Erkaklar: -61 kg: Adhamjon Ergashev -67 kg: Diyorbek Roʻzmetov -67 kg: Husinboy Matrasulov -73 kg: Doston Yoqubov -73 kg: Muhammadqodir Toshtemirov -89 kg: Sarvarbek Zafarjonov -89 kg: Nursultan Esbergenov -96 kg: Sunnatilla Oʻsarov -102 kg: Akbar Joʻrayev -102 kg: Ruslan Nurudinov -109 kg: Sharofiddin Amriddinov +109 kg: Rustam Jangaboyev Ayollar: -45 kg: Munisa Odilova -49 kg: Jamila Panfilova -59 kg: Nigora Abdullayeva -59 kg: Lyudmila Elefteriadi -64 kg: Shahnoza Jabborova -64 kg: Ozoda Hojiyeva -71 kg: Mashhura Rustamova -81 kg: Rigina Adashbayeva -87 kg: Nigora Suvonova +87 kg: Tursunoy Jabborova
Alpha version: 0.9.1.19 build 122305 | Инструменты