Huawei 1
Ogʻir atletika: Osiyo chempionatining soʻnggi kunida oʻzbekistonlik sportchilar 4 ta medalga sazovar bo'lishdi

Janubiy Koreyada ogʻir atletika boʻyicha navbatdagi Osiyo chempionati yakunlandi. Musobaqaning soʻnggi dasturida erkaklar oʻrtasida +109 kg vazn toifasida gʻolib va sovrindorlar aniqlandi. Quvonarlisi, unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 1 ta kumush va 3 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

Dast koʻtarish mashqida Rustam Jangabayev 196 kg bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi. Siltab koʻtarish dasturida esa Akbar Joʻrayev 242 kg bilan shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy oldi. Ikki kurash yakunida har ikki atletimiz 437 kg natija qayd etishdi. Urinishlar boʻyicha ustunlik qoraqalpogʻistonlik sportchimizda boʻlgani uchun Rustam Jangabayev kumush, Akbar Joʻrayev esa bronza medaliga sazovor boʻldi.

Erkaklar, +109 kg:
1. Gor Minasyan (Bahrayn) – 464 (217+247) kg
2. Rustam Jangabayev (Oʻzbekiston) – 437 (196+241)
3. Akbar Joʻrayev (Oʻzbekiston) – 437 (195+242)Shu tariqa, ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi ushbu musobaqada 2 ta oltin, 4 ta kumush va 7 ta bronza, jami 13 ta medalga sazovor boʻldi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101100 | Инструменты