Huawei 1
"Green Hills Resort" majmuasida “Ekologiya va turizm” mavzusidagi “Zakovat–25” musobaqasi o'tkazildi

9-oktabr kuni Bo‘stonliq tumanidagi “Green Hills Resort” majmuasida “Zakovat”ning 25 yilligi munosabati bilan Ekologiya va turizm mavzusidagi turnir bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa Toshkent viloyati hokimligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Turizm qo'mitasi, “Green Hills Resort” majmuasi hamda “Zakovat intellektual klubi” NNT hamkorligida tashkil etildi.

Unda respublikamizning barcha hududlaridan taklif etilgan eng kuchli jamoalar ishtirok etdi.

Ushbu nufuzli musobaqa mamlakatimiz bo‘ylab iqtidorli yoshlarni birlashtirib, ularning ekologik tafakkurini kengaytirish, barqaror turizm g‘oyalarini targ‘ib qilish hamda ilmiy fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida o‘tkazildi.

Tadbir doirasida kun davomida ishtirokchilar o‘rtasida Zakovat, Shaxsiy o‘yin hamda Breyn-ring o‘yinlari bo‘yicha bellashuvlar olib borildi.

Jamoalarning barcha yo‘nalishlarda ko‘rsatgan natijalari umumlashtirilib, quyidagi jamoalar umumjamoa hisobida g‘olib deb e’lon qilindi:

1-o‘rin: Toshkent shahri jamoasi;

2-o‘rin: Farg‘ona viloyati jamoasi;

3-o‘rin: Jizzax viloyati jamoasi.

Mazkur jamoalar quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlandi:

1-o‘rin: 300 mln so‘m;
2-o‘rin: 200 mln so‘m;
3-o‘rin: 100 mln so‘m.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101015 | Инструменты