Ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Sarvarbek Zafarjonov Bahraynda oʻtayotgan jahon chempionatida terma jamoamiz hisobiga yana bir medalni taqdim qildi. -89 kg vazn toifasining “A” guruhida qatnashgan polvonimiz bronza medaliga sazovor boʻldi.
Sarvarbek dast koʻtarish mashqida 171 kg natija qayd etib, uchinchi oʻrinni egalladi. Biroq siltab koʻtarishda 204 kg bilan oltinchi, yakunda 375 kg bilan toʻrtinchi pogʻonadan joy oldi.
Hamyurtlarimizning keyingi ishtiroki 14-dekabr sanasiga toʻgʻri keladi. Unda Ruslan Nurudinov, Sharofiddin Amriddinov hamda Tursunoy Jabborova medallar uchun kurash olib borishadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122703 | Инструменты