Og'ir atletika: Doston Yoqubov Osiyo chempionatida biryo'la 2 ta oltin va 1 ta bronza medal qo'lga kiritdi
Ayni kunlarda Bahraynning Manama shahrida ogʻir atletika boʻyicha kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionati boʻlib oʻtmoqda.
Kecha hamyurtimiz Doston Yoqubov dast koʻtarishda 140kg bilan bronza medaliga ega chiqqan boʻlsa. Siltab koʻtarishda 182 kg va ikkikurashda 322 kg bilan mutlaq Osiyo chempioni boʻldi.
Erkaklar | -73kg. Natijalar:
1. Doston Yoqubov — 322kg (140+182 OʻZBEKISTON)
2. Xiang Shulin — 321 (143+178 Xitoy)
3. Almazdani Nafav — 309 (139+170 Saudiy Arabistoni)
Maʼlumot uchun: Osiyo chempionatida ayni vaqtda hamyurtlarimiz hisobida 5ta oltin, 4 ta bronza medal bor.
Avvalroq, faxrli sportchimiz Adhamjon Ergashevning Osiyo chempioniga aylangani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40410 | Инструменты