Huawei 1
"Pahlavon Mahmud - Strongmen games" xalqaro turnirida eronlik Reza Geytasi 1-o'rinni qo'lga kiritdi

Bugun, 2-iyun kuni “Pahlavon Mahmud - Strongmen games Islom Hamkorlik Tashkiloti ochiq chempionati" o'yinlari o'z nihoyasiga yetdi. Mazkur xalqaro musobaqada ishtirok etgan pahlavonlarni taqdirlash va musobaqani yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Turnirda 1-o'rinni eronlik pahlavon Reza Geytasi qo'lga kiritdi va $5000 pul mukofoti bilan taqdirlandi.

2-o'rinni Qirg'iz Respublikasidan kelgan Muhamadali To’xtamatov egalladi va $3000 pul mukofotini oldi.

3-o'rin esa litvalik pahlavon Modestas Strukusga nasib qildi. U $1000 pul mukofotiga sazovor bo'ldi.

Taqdirlash marosimida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduhakimov, Butunjahon Strongmen federatsiyasi prezidenti Ravshanxon Djurayev va Iqtisodiy hamkorlik raisi Xusrav Noziriy ishtirok etishdi.

Ma'lumot uchun, turnirda dunyoning 15 dan ortiq mamlakatlaridan (Buyuk Britaniya, Bahrayn, Chexiya, Avstraliya, Latviya, Litva, Pokiston, Yangi Zelandiya, Turkiya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston) kelgan pahlavonlar o‘zaro bahslashdilar.  Xalqaro turnirda pahlavonlar jami 7 ta shart bo‘yicha bahs olib borishdi:

- Oqtosh xarsangi;

- Obkach;

- Amudaryo qayig‘ini tortish;

- Cho‘girma otish;

- Mo‘ynoq langarini tortish;

- Xiva ustunlarini ushlab turish;

- Qilichni vertikal ushlab turish. 

Ushbu o'yinlarni UzReport TV ning rasmiy sahifalarida tomosha qilishingiz mumkin: 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70609 | Инструменты