Huawei 1
Parij—2024. Sitora Turdibekova kongolik raqibini yengib, keyingi bosqichga yo‘l oldi

Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslarida boks musobaqalari ham davom etmoqda.

-57 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschi Sitora Turdibekova kongolik Marselat Sakobi Matshuga qarshi ringga ko‘tarildi.

Birinchi raund 1:4 hisobida kongolik bokschi hisobiga yozildi. Ikkinchi raundda esa Sitora faollikni qaytardi va 5:0 hisobida ustun keldi. Uchinchi raund ham o‘zbekistonlik bokschining foydasiga hal bo‘ldi va Sitora Turdibekova keyingi bosqichga yo‘l oldi. 

Endi u 2-avgust kuni ikki karra jahon chempioni, xitoy taipeyilik Yu-Ting Linga qarshi chorak final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.

Ma’lumot uchun, Turdibekova 2002-yil 20-may kuni Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida tavallud topgan. 

Sitora 2021-yil kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan. 2022-yil Toshkentda o‘tgan U-22 qit’a birinchiligida bronza, 2023-yil Bangkok mezdonlik qilgan ayni shu toifadagi chempionatda esa kumush medal sohibiga aylangan. Ko‘rsatgan natijalari evaziga “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12606 | Инструменты