Bahrayn mezbonlik qilayotgan qilichbozlik boʻyicha Osiyo chempionatida yoshlar oʻrtasidagi bellashuvlar boshlandi. Quvonarlisi, bugungi kun Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari uchun omadli oʻtdi.
Sablya qurolidagi bahslarda qatnashgan yigitlarimiz oʻz yosh toifalarida qitʼada tengsiz ekanini koʻrsatishdi.
Barcha raqiblarini mag’lubiyatga uchratgan Musa Aymuratov oltin medal sohibiga aylangan bo’lsa, yarim finalda imkoniyatni boy bergan Zuhriddin Qodirov bronza medali bilan taqdirlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122304 | Инструменты