O‘zbekistonlik professional bokschi Shahram G‘iyosov yarim o‘rta vazn toifasidagi o‘zining navbatdagi jangini shu yilning aprel oyida o‘tkazadi. Bu haqda “Matchroom” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Shahram G‘iyosov 12 aprel kuni AQSHning Nyu-Jersi shtati, Atlantik Siti shahrida tashkil etiladigan profboks oqshomida ringga ko‘tariladi. Hozircha uning raqibi kim bo‘lishi aniq emas.
Oqshomning markaziy jangi yarim o‘rta vaznda WBA chempioni Eymantas Stanionis hamda IBF chempioni Jeyron Ennis o‘rtasida kechadi. G‘iyosov esa bo‘lajak jangida g‘alaba qozonsa, keyingi jangini aynan Ennis-Stanionis bahsi g‘olibiga qarshi o‘tkazadi.Ma’lumot o‘rnida, G‘iyosov professional boksda 14 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan. 9 ta jangda raqibini nokautga uchratgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 31210 | Инструменты