Indoneziyaning Bali shahrida oʻtkazilayotgan qilichbozlik boʻyicha Osiyo chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi yana bir medalga erishdi. Bu gal sablyachi yigitlarimiz jamoaviy dasturda shohsupaga koʻtarildilar.
Dastlabki bosqichda Makaoni 45:15 magʻlub etgan hamyurtlarimiz chorak finalda Xitoydan 45:43 hisobida ustun kelishdi. Biroq murosasiz kechgan yarim final jangida Yaponiyaga 44:45 hisobida imkoniyat boy berildi. Uchinchi oʻrin uchun kechgan bellashuvda esa Gonkong 45:39 hisobida magʻlub etildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72720 | Инструменты