Shahram G‘iyosovning navbatdagi raqibi va jangi sanasi ma'lum bo‘ldi

Yarim o‘rta vazn toifasida o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Shahram Gʻiyosovning navbatdagi jangi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.

Bokschimiz hamkorlik qiluvchi "Mir Boksa" promouterlik kompaniyasi vakilining xabar berishicha, Shahram Gʻiyosov faoliyatidagi o‘n beshinchi jangini 2024-yil 13-yanvar kuni o‘tkazadi. O‘sha kuni hamyurtimizga meksikalik bokschi Pablo Sezar Kano raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, Shahram prof boksda hozirgacha 14 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. Janglarining to‘qqiztasida muddatidan ilgari zafar quchgan.

Uning bo‘lajak raqibi Pablo Sezar Kano esa faoliyati davomida 44 ta jang o‘tkazgan va ularning 35 tasida g‘alaba qozongan, 8 ta jangda mag‘lub bo‘lgan va 1 tasida durang qayd etilgan.

Ahamiyatlisi, Pablo faoliyati davomida ikki bor jahon chempionlik kamarlari uchun jangga chiqqan va har ikki jangda mag‘lub bo‘lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты