Huawei 1
Shaxmat: Abdusattorov jamoasi peshqadam, Sindorov jamoasi esa keyingi o‘rinda

Londonda umumiy mukofot jamg‘armasi 1 million AQSH dollaridan iborat “Global Chess League “Tech Mahindra” turnirining ikkinchi tur musobaqalari davom etmoqda.

Ortda qolgan uchinchi kungi bahslar sarhisobiga ko‘ra, Nodirbek Abdusattorov dona surayotgan “PBG Alaskan Knights” jamoasi 12 ochko bilan yakka peshqadamga aylanib olgan vaziyatda Sindorovning “Triveni Continental Kings” jamoasi 6 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.

Kecha o‘tkazilgan navbatdagi uchrashuvda “PBG Alaskan Knights” jamoasi “Ganges Grandmasters” jamoasi bilan kuch sinashdi. 6 ta juftlik o‘rtasidagi bellashuvning 3 tasida durang, 3 tasida g‘alaba qayd etildi. Ushbu bahsda Nodirbek Abdusattorov oq donalarda Arjunga qarshi dona surdi va durangga erishdi.

Hamyurtimiz Javohir Sindorovning “Triveni Continental Kings” jamoasi kecha avvaliga “American Gambits”ni mag‘lub etdi, keyin “Ganges Grandmasters” jamoasi bilan kurashda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Sindorov har ikki o‘yinda raqiblari bilan murosa yo‘lini tanladi.

Bugun, 6 oktyabr kuni “American Gambits” – “Ganges Grandmasters”, “Alpine SG Pipers” – "PBG Alaskan Knights”, “upGrad Mumba Masters” – “Triveni Continental Kings”, “Alpine SG Pipers” – “American Gambits” jamoalari ro‘baro‘ keladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100620 | Инструменты