Superengil vazn toifasida IBF kamari uchun sobiq daʼvogar Shohjahon Ergashev Instagram tarmog‘idagi jonli efir paytida navbatdagi jangi tafsilotlarini ochiqladi.
"Shu kunlarda AQSHga uchib ketishim kerak. Boisi, kecha promouterim Dmitriy Salita qo‘ng‘iroq qilib, 28 mart kuniga jang taklifini berdi. Men qabul qildim. Yana kamar uchun majburiy daʼvogarlik maqomidagi jang bo‘ladi. Keyin esa revanshga harakat qilaman. Bitta yaxshi jang o‘tkazmasak bo‘lmaydi. Shu maqsadda AQSHga ketish uchun harakat boshlandi. 28 mart, Amerika!", - dedi Ergashev.
Eslatib o‘tamiz, Shohjahon Ergashev 2023 yil 26 noyabr kuni AQSHda IBF chempioni Sabriel Matias bilan jang qilib, muddatidan oldin mag‘lubiyatga uchragan edi. Bu uning faoliyatidagi yagona mag‘lubiyat bo‘lib turibdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122305 | Инструменты