Peruda qilichbozlikning shpaga yo‘nalishi bo‘yicha ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon kubogi terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Jahon kubogida Shahzoda Egamberdiyeva, Dilnoz Murzatayeva va Bibimaryam Safarovadan iborat O‘zbekiston terma jamoasi vakillari jamoaviy dasturda bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Toshkent va Tunisda o‘tgan sablya yo‘nalishida yosh qilichbozlarimiz shohsupaga ko‘tarilgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122707 | Инструменты