Huawei 1
Sport kurashi: O'zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatini 11 ta medal bilan yakunladi

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida sport kurashlari bo‘yicha qitʼa birinchiligi o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 5 ta kumush va 5 ta bronza, jami 11 ta medalga sazovor bo‘ldi.

Musobaqaning yakuniy kunida Bobur Islomov (-86 kg) bronza medali uchun kechgan bellashuvda g‘alaba qozonib, uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Mazkur qitʼa birinchiligida shohsupaga ko‘tarilgan sportchilarimizni eslab o‘tamiz:

Oltin medal:

-67 kg: Abror Ataboyev (yunon-rum kurashi)

Kumush medal:

-63 kg: Shermuhammad Sharibjonov (yunon-rum kurashi)

-50 kg: Jasmina Immayeva (ayollar kurashi)

-57 kg: Laylo Sobirova (ayollar kurashi)

-70 kg: Zafarbek Otaxonov (erkin kurash)

-79 kg: Bekzod Abdurahmonov (erkin kurash)

Bronza medal:

-55 kg: Ixtiyor Botirov (yunon-rum kurashi)

-87 kg: Jalgasbay Berdimuratov (yunon-rum kurashi)

-53 kg: Aktenge Keunimjayeva (ayollar kurashi)

-86 kg: Bobur Islomov (erkin kurash)

-97 kg: Maxsud Veysalov (erkin kurash)

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12305 | Инструменты