Huawei 1
Tayson Fyuri uchinchi bor faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi

Superog‘ir vaznda sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri kecha kutilmaganda professional boksdagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi.

Qizig‘i, britaniyalik bokschi uchinchi bor qo‘lqoplarini mixga ilga ilishini aytgan. Bungacha Fyuri 2016 yilda Vladimir Klichkoni mag‘lubiyatga uchratganidan keyin boksdan ketishini aytgan. Keyinroq uning kokainga topshirgan test-tahlili ham ijobiy natija bergandi.

2022 yilda u hamyurti Dillian Uaytni mag‘lub etganidan keyin ikkinchi bor faoliyatini to‘xtatishini eʼlon qildi. O‘shanda u Deontey Uaylderga qarshi o‘tkazilgan uchta jangdan keyin superog‘ir vaznda o‘ziga munosib raqib qolmaganini aytgan edi.

Tayson Fyuri so‘nggi ikki jangini ukrainalik Aleksandr Usikka qarshi o‘tkazib, har ikkisida ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi. Avvaliga 2024 yilning may oyida, keyin esa dekabrda hakamlar qaroriga bilan yutqazdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11423 | Инструменты