Huawei 1
Tennis: Sergey Fomin Turkiyada sovrindor bo‘ldi

Turkiyaning Antaliya shahrida M25 tasnifiga kiruvchi xalqaro tennis turnirida hamyurtimiz Sergey Fomin yakkalik va juftlik bahslarida finalga yo‘l oldi.

Mamlakatimizning ikkinchi raqamli tennischisi bo‘lgan Sergey Fomin yakkalik bellashuvlarining yarim finalida chexiyalik Martin Krumichni 6:3, 6:7, 7:5 hisobida taslim qildi. Shu tariqa final bosqichiga o‘tgan tennischimiz bosh sovrin uchun ukrainalik Oleksey Krutix bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.

Shuningdek, Sergey Fomin turnirning juftlik bellashuvlarida neytral tennischi Pavel Verbin bilan tandem hosil qilib, yarim finalda finlyandiyalik Patrik Kaukoyalta va Yero Vasani 6:4, 3:6, 10:6 hisobida taslim qildi. So‘nggi hal qiluvchi final o‘yinida turkiyalik tennischilar dueti – Gonberk Saritas va Mert Naji Turkerga qarshi kortga chiqdi.

Afsuski, mazkur uchrashuvda Sergey va Pavelga biroz omad yetishmadi. Natijada turnirning juftlik yo‘nalishida vitse-chempionga aylandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40907 | Инструменты