1990-yillargacha muz saroyi sifatida faoliyat ko‘rsatgan "Yubileyniy" sport majmuasi ikki yil davom etgan mukammal ta'mirlash ishlaridan keyin "Alpomish" nomi bilan yana qadrostladi.
Oldingisidan farqi muz saroyi zamonaviy va qulay ko‘rinishda qayta tiklandi. Uning ochilish marosimida Toshkent shahar hokimi, Sportni rivojlantirish vaziri o‘rinbosari va Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari ishtirok etdi.Loyihaning umumiy maydoni 8 ming kvadrat metr, 6 ming o‘ringa ega bo‘lib, eng zamonaviy va jahon andozalariga javob beradigan sport inshootiga aylantirildi.
Muz saroyida xokkey matchlari, short-trek, figurali uchish, kyorling bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, mazkur yo‘nalishdagi rivojlangan xorijiy davlatlarning tajribasini ommalashtirishga ham alohida e'tibor qaratiladi. Bundan tashqari, muhtasham muz saroyida sport ixlosmandlari uchun turli o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22105 | Инструменты