Chempionatda 19 ta oltin, 15 ta kumush, 21 ta bronza medal qo‘lga kiritgan Toshkent viloyati jamoasi umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi. Shuningdek, 19 ta oltin, 9 ta kumush, 18 ta bronza jamg‘argan Surxondaryo jamoasi ikkinchi, 10 ta oltin, 13 ta kumush, 33 ta bronza medalga sazovor bo‘lgan Andijon viloyati jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi. Shohsupaga ko‘tarilgan sportchilar tashkilotchilar tomonidan medal va diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Endi ular O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga saralanib, oldinda turgan nufuzli turnirlarga tayyorgarlik ko‘radilar.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122309 | Инструменты